O‘qituvchilar maxsus ta'lim platformasi orqali o‘quvchilar bilimini baholashadi - Vazirlik

Jamiyat 14:29 / 25.03.2020 5068

«Televizion darslarni parallel ravishda internet tarmog‘ida vazirlikning rasmiy veb-saytida, kundalik.com hamda onlayn maktab elektron portali orqali kuzatib borishga imkon yaratiladi. O‘qituvchilar Kundalik.com orqali o‘quvchilarning videodarslar orqali bilim olishini nazorat qilib, baholab borishadi.

Kundalik raqamli ta'lim platformasi O‘zbekiston maktablarida masofaviy ta'limni tashkil qilish uchun barcha zarur funksiyalarga ega. Bu o‘quvchilarga uyda o‘tirgan holda o‘quv jarayonini to‘xtatmaslik, fanlarni mustaqil ravishda o‘rganish va pedagog bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.

Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va o‘quv markazi pedagogik va psixologik yordam berishlarini, ularning bilimlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirib borishlarini so‘raymiz. Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va o‘quv materiallarini berishi, o‘quvchilar esa bajarilgan ishlarni tekshirishga yuborishlari mumkin. Yakun bo‘yicha o‘qituvchilar elektron jurnalga baho qo‘yadi yoki javoblar ustida yana ishlash bo‘yicha sharhlarini qoldiradi.

Tizim hozircha faqat Toshkent shahrida yo‘lga qo‘yilgani bois, qolgan hududlarda ta'til davri tugab, o‘quv jarayonlari boshlangan vaqtda 4-chorakda rejalashtirilgan nazorat ishlari (oraliq va yakuniy) o‘tkaziladi. Chunki o‘quvchilarning o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlashi hamda sinfdan-sinfga ko‘chirilishi, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga esa attestat berilishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, barcha pedagoglardan o‘z fanlari bo‘yicha masofaviy tarzda – telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda o‘quvchilariga pedagogik va psixologik yordam berishlarini, ularning bilimlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirib borishlarini so‘raymiz», deya Anvar Umarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

U televizion darslar o‘quv yilining IV choragi uchun mo‘ljallanganini aytib o‘tdi.

«Darslar to‘xtatilgan kun, ya'ni 16 martdan 20 martgacha o‘quv yilining uchinchi choragi yakuniga to‘g‘ri kelgani sababli, bu davrda o‘quv dasturiga asosan aksariyat mavzular takrorlash yoki o‘tilgan mavzularni mustahkamlashga qaratilgan. Shuning uchun, karantin rejimi tugab, darslar boshlangandan keyin aynan to‘xtatilgan mavzudan boshlashga ehtiyoj qolmaydi. Chunki o‘quvchilar uchun tayyorlanayotgan televizion darslar orqali ana shu bo‘shliq to‘ldirib ketilmoqda.

Televizion darslar o‘quv yilining 4-choragiga rejalashtirilgan mavzulari asosida tayyorlanmoqda. O‘quvchilar televizion darslar orqali o‘zlashtira olmagan bilimlar o‘quv jarayonlari boshlangan vaqtda albatta fan o‘qituvchilari yordamida mustahkamlanadi», deydi u.

Ko‘proq yangiliklar: