Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kassalarga kelib tushgan naqd pullar kamida bir hafta pul omborxonalarida alohida saqlanadi
Naqd pullar karantinda saqlanayotgan davrda qo‘shimcha naqd pullarga ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi

Foto: KUN.UZ
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkin. Virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi ma'lum qilingan.
Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridagi va tijorat banklaridagi naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanash kassalari hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan vaqti-vaqti bilan (haftada 1-2 marotaba) dezinfeksiya qilinmoqda.
MB xabariga ko‘ra, bunga qo‘shimcha ravishda, barcha bank muassasalariga:
bank kassalariga kelib tushgan naqd pullarni kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarida alohida (xonada yoki stellajlarda) saqlash;
ushbu naqd pullarni mijozlarga chiqim qilishda pul bog‘lamining nakladkasida qayd etilgan sanaga e'tibor qaratish tavsiya etildi.
Naqd pullar karantinda saqlanayotgan davrda qo‘shimcha naqd pullarga ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Biroq, bankdan chiqqan naqd pullarning muayyan davr mobaynida aholi va tadbirkorlar qo‘lida muomalada yurishi, ayrim hollarda bitta banknotning qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi oqibatida banklarga kelib tushishi uzoq muddatga cho‘zilib ketishi ehtimoli yuqori.
Hozirda ayrim savdo nuqtalarida tovarlarni onlayn xarid qilish, to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish, mobil ilovalar orqali kommunal va ayrim bir martalik to‘lovlarni to‘lash imkoniyatlari yaratilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, karantin davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga:
to‘lovlarni naqd shaklda amalga oshirish va qabul qilishdan cheklanish;
naqd pulsiz (shu qatorda kontaksiz to‘lov kartalari orqali) hisob-kitoblardan keng foydalanish va foydalanilgan bank kartasini tibbiyot spirti yoki boshqa antiseptik vositalar bilan artib, dezinfeksiya qilib turish;
shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda imkon qadar banklarning masofaviy xizmatlaridan, jumladan internet-banking, mobil ilovalari hamda to‘lov tashkilotlarining dasturlaridan keng foydalanish tavsiya etildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

12:05 / 25.02.2025
Faxriy donorlar uchun pul mukofoti 3 baravarga oshiriladi

10:11 / 24.02.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirildi

21:16 / 04.02.2025