Surishtiruv natijasida ma'lum bo‘lishicha, ushbu holat joriy yilning 8 mart sanasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida o‘tkinchi yo‘lovchilar tomonidan tasvirga olingan.
«Videotasvirdagi fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritilganida ruhiy nosog‘lom ekanligi aniqlandi hamda uning oila a'zolari bilan tushuntirish profilaktik suhbatlari olib borildi.
Yuzaga kelgan vaziyat ko‘pchilikda shubha uyg‘otdi. Biroq to‘g‘ri anglamasdan turib, unga baho berish noto‘g‘ri.
Ayni vaqtda barcha yurtdoshlarimizdan ishlatilgan yuz niqoblarini imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘raymiz», deyiladi IIV axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.