Bolalar 14 yoshdan davlat organlariga murojaat qilishi mumkin
Prezident bolalar huquqlarining qo‘shimcha kafolatlarini belgilovchi qonunlarga tuzatishlarni imzoladi

Foto: Getty Images
Bolalarga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan hollarda, nafaqat vasiylik va homiylik organlari organlariga, balki boshqa davlat organlariga ham murojaat qilish huquqi berildi. Ularning murojaatlarini 18 yoshga to‘lmagan va, binobarin, to‘liq muomala layoqatiga ega emas, degan asos bilan ko‘rib chiqmasdan qoldirish mumkin emas, deb yozmoqda Norma.
Voyaga yetmaganlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ularning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik organlari ishtirok etishlari mumkin. Bunda bolaning fikri, uning yoshidan qat'i nazar, inobatga olinadi, yakuniy qaror esa uning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinishi kerak.
Murojaatda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari uni tegishli davlat organiga, boshqa tashkilotga yoki mansabdor shaxsga yoxud vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart.
14 yoshga to‘lgach, bolalar o‘z ta'minoti uchun otasi yoki onasidan yoxud ota-onasi alohida yashagan taqdirda – bir vaqtda ikkalasidan aliment undirish to‘g‘risida da'vo qo‘zg‘atishga haqli.
Qonun 11.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

09:52 / 21.02.2025
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

12:15 / 06.02.2025
2024 yilda 60 mingdan ortiq norasmiy tadbirkor qonuniylashtirildi

11:58 / 30.01.2025