Arteta koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

Sport 09:11 / 13.03.2020 13645

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirusni yuqtirib olganligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

London klubi jamoa bazasi yopilganligini e'lon qildi va yaqin orada Arteta bilan ko‘rishgan xodimlar izolyatsiyaga olindi.

«Juda xafaman. O‘zimni yomon his qilishni boshlashim bilan test topshirdim. Ruxsat berishlari bilan ishga qaytaman», – deb yozadi Arteta.

Arteta COVID-19 virusini yuqtirib olganligi sababli London klubining 14 mart kuni o‘tishi kerak bo‘lgan APLning 30-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi bahsi qoldiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: