Samarqandda yosh qizni fohishalik maqsadida sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Jamiyat 12:21 / 27.02.2020 27584

Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan A.Yu. ismli ayol Qo‘shrabot tumani "Mingtepa" mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.J.ni Tailandga yuborish va undan fohishalikda foydalanish uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: