Yanvar oyida O‘zbekiston qancha oltin sotdi?

Iqtisodiyot 10:38 / 26.02.2020 26687

2020 yil yanvar oyida O‘zbekiston 489,8 million dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar oyiga nisbatan o‘sish 60,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar oyida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,1 foizga teng bo‘ldi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Avvalroq, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari hajmi qariyb 30 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: