Rubik kubiklaridan tayyorlangan «Mona Liza» 520 ming dollarga sotildi
Asar muallifi Invader taxallusi bilan ijod qiluvchi ko‘cha rassomi Frank Slama hisoblanadi.

Foto: Reuters
330 dona Rubik kubiklaridan tayyorlangan «Mona Liza» asari Parijdagi kim oshdi savdosida 480 ming yevroga sotildi. Bu haqda Articurial kim oshdi savdosi uyi xabar berdi.
"#Invader tayyorlagan Mona Liza Artcurial kim oshdi savdosida 520 680 dollarga (480 200 yevro) – dastlabki bahosidan to‘rt baravar qimmatga sotildi", - deyiladi xabarda.

Asar muallifi Invader taxallusi bilan ijod qiluvchi ko‘cha rassomi Frank Slama hisoblanadi.
Bu uning birinchi ishi emas, rassomning asarlarini dunyoning 33 mamlakatidagi 80ga yaqin ko‘chada ko‘rish mumkin, deya qayd etadi France Info radiostansiyasi.
Mavzuga oid

11:26 / 03.02.2025
Luvr muzeyida “Mona Liza”ni tomosha qilish uchun alohida chipta sotiladi

00:17 / 29.01.2025
Makron Luvrga yangi kirish joyi qurishga va «Mona Liza»ni ko‘chirishga va’da berdi

21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?

20:52 / 28.01.2024