Endilikda istalgan PAYNET to‘lov qabul qilish shoxobchasida O‘zbekiston bo‘ylab shaharlararo avtobus chiptalarini tezda xarid qilish va rasmiylashtirish mumkin.
Hayotda O‘zbekistonning boshqa shahriga ish bo‘yicha, mehmonga yoki oilaviy bayramlarga borish kerak bo‘ladigan vaziyatlar uchraydi. Yetib borish imkoniyatlari bir nechta: poyezd, samolyot yoki taksi. Bugunoq yoki ertasiga jo‘nab ketish zarur, lekin chiptalar qolmagani ma'lum bo‘lganida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda faqat taksida ketish va «uchadigan» haydovchi barcha YHQni unutgan holda sizni o‘z manzilingizga eson-omon yetkazishiga umid qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Aynan shunday holatlarda sizga boshqa transport turlariga nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega bo‘lgan shaharlararo avtobuslar yordam berishi mumkin.
Qulay jadval
Toshkentdan O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga samolyot odatda sutkada bir marta uchadi, poyezd ko‘pi bilan 2-3 marta jo‘naydi. Avtobuslar esa «Toshkent» avtovokzalidan viloyatlarning yirik markazlariga bir sutkada kamida 3-5 marta boradi. Demak, o‘zingiz uchun eng qulay jo‘nash vaqtini tanlash imkoniyati mavjud.
Har tomonlama shinamlik
Shaharlararo avtobus avtomobilga nisbatan yuqori darajadagi har tomonlama shinamlikni taqdim qiladi. Bu yerda siz tizzalaringizni oldingi o‘rindiqning suyanchig‘iga tiragancha tor joyda o‘tirishga majbur bo‘lmaysiz. Qulay anatomik o‘rindiqlarda soatlab yurish mumkin: kunduzi belingiz og‘rimaydi, tunda esa o‘rindiqni tushirib, tinchgina uxlab olish mumkin.
Xavfsizlik
Barcha yo‘lovchi tashish ishlari puxta tekshiruvdan o‘tgan zamonaviy shaharlararo avtobuslarda amalga oshiriladi. Nosoz avtobus shunchaki yo‘nalishga qo‘yilmaydi. Buning ustiga avtobus – samolyotlardan qo‘rqadigan yoki poyezdlarni xush ko‘rmaydiganlar uchun yaxshi, muqobil transport hisoblanadi.
Hamyonboplik
Shaharlararo avtobus chiptalarining narxlari odatda, poyezd yoki samolyotga nisbatan ancha arzon. Buning ustiga chiptalarni xarid qilish uchun butun shahar orqali avtovokzal kassalariga borish shart emas. Endi ularni avtoticket.uz servisi yordamida o‘zingizga qulay vaqtda eng yaqin joylashgan PAYNET to‘lov qabul qilish shoxobchasida sotib olish mumkin.
PAYNET to‘lov qabul qilish shoxobchasida shaharlararo avtobus chiptasini qanday sotib olish mumkin:
- Eng yaqin joylashgan PAYNET to‘lov qabul qilish shoxobchasini toping;
- Operatorga avtoticket.uz'da shaharlararo avtobus chiptasini sotib olishni xohlashingizni ayting;
- Yetib borish manzilingizni, sana va avtobusdagi joyni tanlang;
- Safar xarajatlarini naqd pulda yoki terminal orqali to‘lashingiz mumkin;
- O‘z elektron chiptangizni oling.
O‘zbekiston bo‘ylab avtobus chiptasini xarid qilish uchun pasport talab qilinmaydi. Xarid qilingan chiptani «Toshkent» avtovokzal kassalarida almashtirish yoki qaytarish mumkin. Har bir elektron chiptadagi mavjud perron va avtobus raqamlari avtovokzaldagi jo‘nash joyini topishga yordam beradi.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga ham chipta xarid qilish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Batafsil ma'lumot olish uchun telefon: (+998) 71 202-07-07
Sayt: paynet.uz
Facebook: fb.com/paynetuz.uz
Telegram: t.me/Paynetuz_official
Instagram: @paynetuz.uz
Reklama huquqi asosida