BBC Travel O‘zbekistonni 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritdi
Iordaniyaning ommabop Ammon News gazetasida "O‘zbekiston 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirdi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Unda O‘zbekiston BBC Travel global axborot portali talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston sayyohlarni jalb qilish uchun yangi mehmonxonalar qurish, temiryo‘l va havo qatnovlarini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda.
"Mazkur ro‘yxat BMT Turizm" tashkiloti hamda Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi kabi yetakchi xalqaro sayyohlik tuzilmalari bilan hamkorlikda tuzilgan. Ro‘yxatda AQSh, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Marokash, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar ham bor. O‘zbekiston 16-o‘rinda qayd etildi", – deyiladi maqolada.
Ma’lum qilinganidek, 2025 yil kuz faslida Buxoroda birinchi xalqaro zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi bo‘lib o‘tadi.
Nashrda O‘zbekistondagi muhim madaniy yangiliklar qatorida mashhur me’mor Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan Davlat san’at muzeyining yangi binosi qurilishi va Romanovlar saroyining rekonstruksiya qilinishi alohida urg‘ulangan.
"2024 yil may oyi holatiga ko‘ra, 90 dan ortiq mamlakat, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. O‘zbekiston prezidenti mamlakatda "yashil" iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish maqsadida Global "yashil" turizm startaplari laboratoriyasini yaratish rejasini e’lon qildi. Qo‘shni davlatlar bilan chegaralarni kesib o‘tish ham osonlashdi", – deyiladi Ammon News gazetasida bosilgan maqolada.
Mavzuga oid

14:52 / 28.02.2025
Xitoyda g‘amgin kuchukchani eslatuvchi qoya topildi. Sayyohlar u bilan suratga tushish uchun itlarini olib bormoqda (foto)

14:52 / 10.02.2025
«Atletiko Madrid» O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashadi

16:46 / 29.01.2025
Yaponiyadagi shaharda hayotini xavfga qo‘yib, chiroyli suratlar olishga urinayotgan sayyohlarga qarshi qo‘riqchilar yollandi

13:59 / 04.01.2025