Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma'lum qildi.
Toshkent shahar IIBB xodimlarining Farg‘ona tumanida olib borgan tezkor tadbirlari davomida odam o‘ldirganlikda gumon qilingan 43 yoshli Rahmatulla E. qo‘lga olindi.
Rahmatulla E. 2001 yil 16 may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida 75 yoshli Roziya S.ning o‘ldirilishida gumon qilinmoqda.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.