YeVRO-2020 o‘yinlari O‘zbekistonda ham namoyish etiladi

Sport 19:12 / 19.02.2020 8366

Bu haqda agentlik sayti xabar bermoqda.

Shu yilning 12 iyun - 12 iyul kunlari futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning 60 yillik tarixida ilk marotaba chempionat bitta mamlakat hududida emas, balki butun Yevropa bo‘ylab 12ta shahardagi 12ta stadionda o‘tkaziladi. Unda 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. O‘yinlar Ozarbayjon Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Ruminiya va Shotlandiya stadionlarda o‘tkaziladi.

Uzreport TV va Futbol TV telekanali muxlislari YeVRO-2020 musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:00, 21:00 va 00:00da boshlanadi.

YeVRO-2020 o‘yinlarini o‘zbekistonlik sharhlovchilar bilan bir qatorda taniqli rossiyalik sharhlovchilar – Denis Kazanskiy, Aleksandr Yelagin va Dmitriy Mostovoy sharhlab borishadi.

O‘yinlardan tashqari telekanallarda YeVRO-2020 kundaligi ham efirga uzatiladi. Bu dastur orqali muxlislar eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilishlari, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqidagi qiziqarli ma'lumotlar, shuningdek, rekordlar va boshqa muhim faktlar bilan tanishib borishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: