Xorijliklar umraga borish uchun O‘zbekiston orqali uchishi ko‘zda tutilgan dastur amalga oshiriladi

Jamiyat 16:13 / 19.02.2020 2756

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari fuqarolari umra uchun Saudiya Arabistoniga O‘zbekiston hududi orqali uchishini tashkillashtirish rejalashtirayotgani to‘g‘risida gapirdi.

«Bangladesh, Pokiston va Malayziya davlatlaridan O‘zbekiston orqali Saudiya Arabistoniga umrani ado etish uchun borishlari rejalashtirilmoqda. Bu degani [ana shu davlat fuqarolari] oldin Hidaya Airlines samolyotlari orqali O‘zbekistonga keladi, keyin Saudiya Arabistoniga parvoz qiladi», deya bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bu loyiha hozircha xorijliklar uchun.

«Hozirda ularning biznes rejasiga ko‘ra, Umra plus dasturini amalga oshirish bo‘yicha gap ketyapti. Bu bo‘yicha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlar idorasining o‘z rejalari bor. Hozirgi kunda Saudiya Arabistoniga boradigan fuqarolarga Uzbekistan Airways xizmat ko‘rsatmoqda.

Ular albatta boshqa kompaniyalarni ham jalb etishi mumkin. Bu to‘g‘risida Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari bilan muzokaralar olib borilyapti. Albatta, kim yaxshi narx, yo‘nalishlarni bersa, shunga qarab ko‘plab o‘tish shartlari, sharoitlari bor. Buni o‘rganish kerak», degan bosh vazir o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: