Davlatimizning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan TDIUda tahsil olayotgan talabalarning yetuk mutaxassis sifatida kamol topishlarini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar tarkibini malakali pedagoglar bilan to‘ldirish talabi qo‘yilmoqda.
Yangi vazifalardan kelib chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti quyidagi lavozimlarga yuqori malakaga ega mutaxassislarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi:
* Kafedra mudiri: Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Ekonometrika, Bank ishi, Jahon tillari, O‘zbek tili va adabiyoti;
* Professorlar: Buxgalteriya hisobi, Bank ishi;
* Dosentlar: Iqtisodiyot nazariyasi, Sanoat iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Statistika, Ekonometrika, Kasb ta’limi (iqtisodiyot), Menejment, Korporativ boshqaruv, Jahon iqtisodiyoti, Infratuzilmani rivojlantirish va logistika, Ijtimoiy fanlar, Oliy matematika, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
* Katta o‘qituvchilar: Iqtisodiyot nazariyasi, Makroiqtisodiyot, Sanoat iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Moliya va soliqlar, Statistika, Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari, Ekonometrika, Kasb ta’limi (iqtisodiyot), Korporativ boshqaruv, Menejment, Korporativ boshqaruv, Bank ishi, Jahon iqtisodiyoti, Marketing, Infratuzilmani rivojlantirish va logistika, Ijtimoiy fanlar, Oliy matematika, Ingliz tili, Jahon tillari, Jismoniy madaniyat, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
* Assistentlar: Iqtisodiyot nazariyasi, Makroiqtisodiyot, Sanoat iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, Buxgalteriya hisobi, Moliya va soliqlar, Statistika, Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari, Kasb ta’limi (iqtisodiyot), Bank ishi, Jahon iqtisodiyoti, Turizm va servis, Ijtimoiy fanlar, Oliy matematika;
* O‘qituvchi: Ingliz tili, Jahon tillari.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
* Ariza;
* Shaxsiy varaqa;
* Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni haqidagi diplom nusxalari;
* Ilmiy ishlari ro‘yxati;
* Malaka oshirganligi hamda qayta tayyorlovdan o‘tganligi haqidagi diplomlar va sertifikatlar;
* Oxirgi 5 yilda amalga oshirgan pedagogik faoliyati haqida hisobot;
* Kafedra muhokamasidan ko‘chirma.
* Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat (CEFR) yoki xalqaro sertifikat (IELTS) nusxalari (mavjud bo‘lsa).
Ilmiy daraja va unvonga ega, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan hamda chet tillarni mukammal bilgan nomzodlar ustuvorlikka ega bo‘ladi.
Arizalar qabul qilish muddati – e’lon chop etilgan kundan boshlab 1 oy.
Manzil: 100003, Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi, 49.
Batafsil ma’lumot uchun telefon: (71) 239-01-08
TDIU matbuot xizmati