O‘zbekiston atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni Vengriyaga o‘qishga yuborishi mumkin
O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbariyati a'zolari 2020 yil 18 fevral kuni Vengriyaning tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Per Siyyarto boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, muzokaralar O‘zbekiston-Vengriya Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 5-majlisi doirasida o‘tkazildi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika kompleksiga oid istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Vengriya tomoni yadro energetikasi, shuningdek tabiiy gaz yetkazib berish masalalariga e'tibor qaratdi. Qayd etilganidek, Vengriya Iqlim bo‘yicha Parij bitimining a'zosi sifatida, atom energetikasisiz atmosferaga zararli chiqarish ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar tinch atomdan foydalanish, xususan, O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqida o‘zaro kelishuvga erishdi.
Vengriya tomoni O‘zbekiston uchun ajratiladigan stipendiyalar doirasida atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qishga yuborish haqidagi taklifni ko‘rib chiqish fikrini ilgari surdi. Bunda Budapesht texnika universitetidagi yaxshi ta'lim dasturi va “Paksh” AESda amaliyotni o‘tkazish imkoniyati qayd qilindi.
Shuningdek, mintaqa gaz bozorini rivojlantirish masalalari va O‘zbekistonning ushbu sohadagi kelgusi rejalari muhokama qilindi.
Energetika vazirligi tomonidan energetika va neft-gaz sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tabiiy gaz negizida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Vengriya delegatsiyasiga may oyida Toshkentda an'anaviy Power Uzbekistan 2020 ko‘rgazma-konferensiyasi o‘tkazilishi haqida ma'lumot berildi va ular energetika sohasidagi ushbu muhim anjumanga taklif qilindi.
Mavzuga oid

20:07 / 05.03.2025
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi

17:14 / 04.03.2025
Politico: YeI Vengriyaning e’tirozi sabab Ukrainaga 20 mlrd yevrolik harbiy yordam paketi ajratishni to‘xtatib qo‘ydi

23:20 / 25.02.2025
Vengriya sakkiz nafar rossiyalik YeI sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishini talab qildi

08:50 / 21.02.2025