2020 yilning 17 fevral kuni soat 13:50larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan «Karvon» savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukaning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.
FVV xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 y.t. fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi.
Ma'lumotda aytilishicha, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro - 1984 y.t., A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.