O‘zbekistonda yangicha formatdagi arzon dorixona ish boshladi

Jamiyat 12:00 / 18.02.2020 20828

Inson hayotidagi eng zarur va bebaho boylik – bu o‘zining va yaqinlarining sog‘ligidir. Bejizga duoga qo‘l ochilganda ham eng avvalo sihat-salomatlik, xotirjamlik so‘ralmaydi. Lekin hammamiz ham issiq jonmiz, kutilmaganda kasal bo‘lish - isitma chiqishi, tomoq og‘rishi, shamollashdan hech kim himoyalanmagan.

Ana shunday ko‘ngilsiz, kutilmagan vaziyatlarda zudlik bilan shifokorlarni izlab qolamiz. Ular esa odatdagidek kerakli dorilar ro‘yxatini qo‘limizga tutqazishadi. Mana, shu o‘rinda qaysi dorixonaga borishga bosh qotadi. Sababi, qo‘lida bir qator dorilar ro‘yxati bo‘lgan bemor uchun dorixonaning sifati, ishonchliligi va eng muhimi, arzonligi juda muhimdir.

Yangi dorixona

Shahrimizda ochilgan yangi, zamonaviy “Elga xizmat” dorixonalari aholini yuqori sifatli, zarur dori-darmonlar bilan ta'minlashni maqsad qilgan. Dorixona o‘z nomidan kelib chiqqan holda eng avvalo mijoz salomatligi yo‘lida xizmat qilib, ularga arzon narxlardagi dorilarni taqdim etadi. Endi o‘rta miqdorda ish haqi oladigan aholi qatlami ham hamyonbop narxlarda dori-darmon sotib olishi mumkin. Siz bu yerda istalgan turdagi dorilarni topish, professional xodimlar xizmatidan foydalanish va eng muhimi,  sertifikatlangan tovarlarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

Dorilarning keng assortimenti

Dorixonaga mahalliy va xorijiy dori ishlab chiqaruvchilardan barcha turdagi dori vositalari keltirilgan. Turli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun zarur bo‘lgan barcha dorilar, ularning o‘rindoshlari mavjud bo‘lib, siz  uchun katta tanlov taqdim etiladi.

Shuningdek, bu yerda vitaminlar va BAD (biologik faol qo‘shimchalar), bolalar, kattalar, keksa kishilar va homilador ayollarga ham maxsus tovarlarni topish mumkin. Nafaqat dorilar, balki bemorlar uchun zarur bo‘lgan  tibbiy asbob va uskunalar ham mavjudligi qimmatli vaqtingizni tejashga yordam beradi.

Arzon narxlar

Yuqorida qayd etilganidek, dorixona aholimiz turmush sharoiti, imkoniyatidan kelib chiqqan holda, arzon narxlarda sifatli dori vositalarini taqdim etadi. Siz bunga ishonch hosil qilish uchun, yurtimizda o‘zining “arzon” nomi bilan tanilgan ayrim dorixonalardagi dori narxlari bilan ham solishtirishingiz mumkin. Asosiy maqsad – yurtdoshlarimizga, sinalgan dori vositalarini maqbul narxlarda yetkazib berishdir.

Ishonchli xizmat     

Dorixonada barcha tovarlar o‘zining sifat sertifikatiga ega bo‘lib,  “Elga xizmat” faqatgina ishonchli va bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan hamkorlar bilan ishlaydi. Shunday ekan, har bir mahsulot sifat tekshiruvidan o‘tkazilgan va sertifikatlangan. Professional xodimlar tarkibidan iborat jamoa esa sizlarga kerakli dorilarni tanlash hamda foydali ma'lumotlar berishga doimo tayyor.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Munavvarqori ko‘chasi, 9-uy

Mo‘ljal: TTZ «Korzinka» ro‘parasi

Murojaat uchun telefon: +998 71 264 21 22

Reklama huquqi asosida​​​​

Ko‘proq yangiliklar: