Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Jahon 20:57 / 14.02.2020 2217

“Dunyo hozirda haqiqatan juda xavfli tus olgan. Ochiqchasiga aytish kerak, xalqaro xavfsizlikka tahdidlar va ixtiloflarni hal qilish uchun jamoaviy harakatlar yetarli bo‘lmayapti. Qurol poygasi avj olayotgan bir vaqtda odamlar halok bo‘lishda davom etmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Ishinger o‘z nutqida. U hozirgi davrni “jazolanmaslik davri” deb atagan hamda davlatlar “bir-biri haqida emas, balki bir-biri bilan gaplashishi kerakligini” aytgan.

Ishinger BMT kabi xalqaro institutlarni mustahkamlashga chaqirgan.

Anjumanda 800 dan ko‘proq delegat, jumladan 150 taga yaqin davlatning rahbarlari, bosh vazirlari va hukumat a'zolari ishtirok etadi.  

Myunxen anjumani 1963 yilda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirliklari vakillarining yig‘ilishi sifatida tashkil etilgan. Hozirda xalqaro anjuman o‘nlab davlatlarning siyosatchilari, diplomatlari, harbiylari, tadbirkorlari, ilm-fan va jamoat arboblari uchun xalqaro munozara maydoniga aylangan.  

Anjuman an'anaviy ravishda Myunxenning tarixiy markazida joylashgan Bayerischer Hof mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. 

2019 yilda anjumanda 600 dan ko‘proq delegat ishtirok etgan. Unda asosiy e'tibor Yaqin Sharq, Arktika, Bolqon, Qora dengizdagi vaziyatlarga, energiya xaavfsizligi va kiberxavfsizlik, qurollanishni nazorat qilish masalalariga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: