«Kamolon» mahallasida turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan kelin va uning qarindoshiga sud hukmi e'lon qilindi 

Jamiyat 08:23 / 14.02.2020 129596

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 5 oktabr kuni soat taxminan 04:30larda Shayxontohur tumani, Kirkiy ko‘chasida joylashgan uyning yotoqxonasidan, shu xonadonda istiqomat qilib kelgan A.A.ning (1993 y.t., XATB “Universal bank” Toshkent filiali bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan) murdasi bo‘yin sohasidan dazmol shnuri bilan bo‘g‘ilgan holatda topilgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, A.A.ning o‘limi bo‘yin a'zolarining sirtmoq bilan bo‘g‘ilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuz berganligi aniqlangan.

Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanishicha, K.A. turmush o‘rtog‘i A.A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizo sababli uni qasddan o‘ldirish haqida qarindoshi O.X. bilan jinoiy til biriktirgan.

O.X. 2019 yil 4 oktabr kuni soat 19:00larda A.A.ning yashash uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, K.A. bilan uning turmush o‘rtog‘i A.A.ni o‘ldirish uchun qulay fursat kutib, 2019 yil 5 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:30larda yotoqxonaga kirib, A.A. uyg‘oq bo‘lganligi sababli uning ustiga chiqib, yuz qismiga chap qo‘li mushti bilan bir necha zarbalar berib, so‘ngra oldindan tayyorlab qo‘yilgan dazmol elektr simi bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘a boshlagan. 

Natijada, A.A. o‘ziga nisbatan bo‘layotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoshlarini yordamga chaqira boshlagan vaqtida K.A. o‘z turmush o‘rtog‘ining yuz qismiga yostiq bilan bosib, uning nafas yo‘llarini berkitib, A.A.ni qasddan o‘ldirishgan. 

Sudda O.X.ga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, marhum A.A.ning turmush o‘rtog‘i K.A.ga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: