Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy so‘rov: Yoshlar Navoiy va Bobur haqida qanchalik bilishadi?
14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur siymosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan iste'dodli shoir, adolatli hukmdor, islom dinining Hindiston hududida keng tarqalishi, bu yerdagi tabaqaviy diskriminatsiya va xurofotga barham berilishida muhim rol o‘ynagan shaxs sifatida e'zozlanadi.
Bobur (taxallusi «sher» ma'nosini anglatadi, to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo; (1483 yil, Andijon − 1530 yil, Agra) – shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Otasi Umarshayx Mirzoning bevaqt halokati tufayli 12 yoshida taxtga o‘tirishga majbur bo‘ladi. Katta bobosi (Amir Temur – Mironshoh – Sulton Abusaid – Umarshayx Mirzo – Zahiriddin Muhammad) Amir Temurning vafotidan so‘ng tarqoqlikka yuz tutgan Movarounnahrni birlashtirishga kirishadi, ammo shimoldan bostirib kelgan Muhammad Shayboniyxon qarshiligini yenga olmaydi.
Natijada janubi-sharqqa – Afg‘oniston tomonga chekinishga majbur bo‘ladi. U yerdan Hindistonga o‘tib, XIX asr o‘rtasiga qadar hukm surgan Boburiylar sulolasiga asos soladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Hind devoni» va «Kobul devoni»da jamlangan g‘azal va ruboiylari bilan adabiyotda ham o‘chmas iz qoldirdi. Uning qalamiga mansub memuar – «Boburnoma» XV-XVI asrlar tarixini tiklashda muhim ahamiyatga ega. Asarda hozirgi Markaziy Osiyo hamda Hindiston yarimoroli bilan bog‘liq siyosiy, iqtisodiy, geografik ma'lumotlar jamlangan.
Hindistonning sobiq bosh vaziri Javoharlal Neru o‘zining «Hindistonning kashf etilishi» kitobida Boburni shunday tasvirlaydi: «Bobur – dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo‘lib, san'atni, adabiyotni, go‘zallikni sevardi».
Ingliz tarixchisi Eduard Xolden Boburni «fe'l-atvoriga ko‘ra Tsezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan», deb ta'riflaydi.
«Boburnoma» tarjimoni Uilyam Erskinning fikricha, «saxovati va mardligi, iste'dodi, ilm-fan, san'atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi»
Kun.uz muxbiri O‘zbekiston xalqi tarixidagi ikki muhim shaxs – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yoshlarning qanchalik bilimga egaligini bilish maqsadida poytaxtning Talabalar shaharchasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.
Savollar oson, yoshlar qiynalibroq bo‘lsa ham javob topishdi. Javoblar orasida hayratlanarlilari ham bor.

Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi
Jamiyat | 09:54
-
Karachidan Toshkent va aSmarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot | 09:48
-
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 09:30
-
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:05
Mavzuga oid

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

14:10 / 08.02.2025
Navoiyda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda

22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

08:10 / 04.10.2023