LUKOYL energiya samaradorligi va energiya tejashni oshirish yo‘lida to‘siqlarni bartaraf etmoqda

Jamiyat 17:00 / 11.02.2020 2318

Energiyani tejash va energiya samaradorligi mavhum tushunchalardan hozirgi voqelikka aylandi. Energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va samarali iste'mol qilish sohasida ko‘plab rejalar mavjud edi, ammo ular aniq loyihalarga aylantirilmadi. Yorqin energiya tejaladigan kelajakka yo‘l, amalda to‘siqlar va qiyinchiliklarga to‘la edi. Bugungi kunda bu yo‘lda esa o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga va yechimlarni taklif qilishga tayyor bo‘lganlar soni oz, ammo ular eng ilg‘or hisoblanadi. LUKOYL kompaniyasi – bunday kompaniyalardan biri, va unda 2020 yilga mo‘ljallangan rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari energiya tejashni yangi darajaga ko‘tarish va energiya narxini pasaytirishdan iborat.

Energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamaytirish, LUKOYL guruhining korxonalari umumiy operatsion samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri va tez o‘zgarib borayotgan dunyoda raqobatbardoshlikni saqlashning asosiy omillaridan biridir.

LUKOYL korxonalarida energiya samaradorligi asosan eng yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish hisobiga ta'minlanadi. LUKOYLda ISO 50001:2011 xalqaro standartiga muvofiq energiya menedjmenti tizimini joriy qilingan, bu esa korxonalarga energiya samaradorligi va energiya xavfsizligini oshirishga tizimli yondashuvni qo‘llashda yordam beradi.

LUKOYL obektlarida energiya tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilgan, energiyani tejash va texnologik jarayonlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, ishlab chiqarishning umumiy qiymatida energiya sarf-xarajatlari ulushining ko‘payishini, uglevodorodlarni qazib olish va qayta ishlash uchun energiya sarfining o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini kamaytirish yoki saqlash amalga oshirilmoqda, xodimlarga energiya tejash madaniyatini o‘rgatish va uni rivojlantirish ishlari olib borilmoqda, energiya samaradorligi monitoringi o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari, LUKOYL qayta tiklanadigan energetikaning rivojlanishiga uzoq muddatli tendensiya sifatida qaraydi, vaqt o‘tishi bilan esa ushbu yo‘nalish energetika sohasini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Bolgariya va Ruminiyadagi quyosh va shamol energiyasi bo‘yicha xorijiy loyihalarda tajriba orttirgan LUKOYL bosqichma-bosqich "toza energetika" loyihalari bozorida o‘z ishtirokini kengaytirmoqda.

Yoqilg‘i mahsulotlari va moylash materiallari bozoridagi sezilarli tendensiya ularning energiya samaradorligi va ifloslantiruvchi va issiqxona gazlari chiqindilarining kamayishi talablarining ortishi bilan tavsiflanadi. Ushbu yo‘nalishda LUKOYL o‘z mahsulotlarning turlarini va ularning tarkibini doimiy ravishda takomillashtirib boradi. Masalan, yangi mahsulot liniyasi (misol uchun, EKTO 100 motorli yoqilg‘i, LUKOIL GENESIS GLIDETECH sintetik motor moylari) yoqilg‘i samaradorligining mukammallashtirilgan ko‘rsatkichlariga ega: sinov natijalaridan ko‘rinib turibdiki, ulardan foydalanish yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va natijada havo chiqindilarini kamaytiradi.

Energiya tejash madaniyati LUKOYL xodimlari orasida keng tarqalgan. Bugungi kunda resurslardan oqilona foydalanish kompaniyaning korporativ madaniyatining ajralmas qismidir. Kompaniyada va uning tashqarisida xodimlarning suv, elektr energiyasi, qog‘oz va boshqa sarf qilinadigan resurslaridan foydalanishda  tejamkorlikka rioya kilish odatga kirib bordi.

Energiya samaradorligi va unga tayyorligimiz haqida gapirishning o‘zi yetarli emas, yangi texnologiyalarni joriy etish va iste'mol madaniyatini o‘zimizdan boshlab qayta o‘zgartirish kerak. Energiya tejash chora-tadbirlarining keng ko‘lamli samarasi resurslarga ehtiyotkorlik bilan yondashish prinsiplari jamiyatda majburiy tushunchaga aylanganda seziladi. Jamiyatning energiya tejovchi modeliga olib boradigan qiyin yo‘lda hali ko‘p ish qilinishi darkor. Ammo ushbu maqsad va uni ro‘yobga chiqarish o‘zini oqlaydi – energiya resurslarini tejash natijasi bolalarimiz kelajagi uchun ularning zaxiralarini saqlash bo‘ladi.

«LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» matbuot xizmati

 
Ko‘proq yangiliklar: