O‘zbekistonda maxfiy arxiv hujjatlari ochiqlanadi

Jamiyat 21:31 / 10.02.2020 6822

«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonda tarix va huquq bilan shug‘ullanuvchi ekspertlar tuziladi va har bir hujjatni birma-bir ko‘rib chiqib, siyosiy maqomga ega bo‘lmagan hujjatlarning hammasi ochiqlanadi. Qolaversa, bu dasturga Ikkinchi jahon urushi yillari (1941-1945) ham kiritilgan. 

Shuningdek, «O‘zarxiv» agentligi tomonidan fuqarolarga davlat pensiyalarni tayinlashda ish haqi va ish staji to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomalarini olish bo‘yicha yagona axborot tizimi yaratilmoqda. Endilikda davlat arxivlariga ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlarni yuborish va ularni javoblarini olish bilan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman, shahar bo‘linmalari shug‘ullanadi. 

Ma'lumot uchun, 2018 yilda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar soni 259 877tani tashkil qilgan. 

Tadbirda arxiv sohasini raqamlashtirish tizimi haqida ham so‘z bordi.

«Bu tizim ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladigan sohalardan biridir. Biz shu paytgacha barcha hujjatlarning faqatgina 2-3 foizini raqamlashtirganmiz. Arxivga keladigan 90 foiz murojaatlar pensiya yo‘nalishida bo‘ladi. Shuning uchun ham birinchi navbatda pensiya sohasidagi ma'lumotlarni raqamlashtiramiz. Buning uchun pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz», deya «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
 

Ko‘proq yangiliklar: