Olmazor tumanidagi qurilishi yakunlanmagan masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 23:06 / 08.02.2020 12520

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Yong‘in-qutqaruv guruhi soat 18:46da hodisa joyiga yetib borgan. Soat 18:56da alanga qurshab olinib, soat 19:39da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in payvandlash jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaslik oqibatida yuzaga kelgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurilish obektlarida ishchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilishi, shuningdek, mazkur obektlar birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan ta'minlanganligini nazoratga olinishini tavsiya qiladi.

IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: