Hindistonda mushakbozlik chog‘ida o‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi
Baxsiz hodisa paqildoqlardan chiqqan uchqunlar aravadagi mushaklar ustiga sachrashi oqibatida yuz bergan.
Hindiston shimoli-g‘arbidagi Tarn-Taran okrugida diniy bayramni nishonlash chog‘ida mushaklar portlashi oqibatida o‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Baxsiz hodisa paqildoqlardan chiqqan uchqunlar aravadagi mushaklar ustiga sachrashi oqibatida yuz bergan.
Panjob politsiyasi mazkur holatni tasdiqladi.
"Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 14-15 kishi voqea joyida halok bo‘lgan va 3 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga joylashtirilgan", - dedi mahalliy politsiya Dxuv Dxaran.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025
Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

11:44 / 01.03.2025