Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 fevral kuni soat 13:00 dan 7 fevral kuni soat 22:00 ga qadar ayrim ko‘chalar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi.
Ular:
- Zarafshon ko‘chasining Navoiy shoh ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.