Yunusobodda issiq suv va issiqlik energiyasida uzilish bo‘ladi

Jamiyat 10:13 / 05.02.2020 2882

Joriy yilning 5 fevral kuni Yunusobod tumanidagi issiqlik magistral tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, buning natijasida Yunusobod tumani 2,3,4,11,13,14,17- mavzelari, A.Temur hamda Shahriston  ko‘chalarida istiqomat qiluvchi iste'molchilar uchun issiq suv va issiqlik energiyasidan vaqtinchalik uzilish kuzatiladi.  

Ko‘rsatilgan manzillarda muammoni bartaraf etish yuzasidan maxsus texnika va mutaxassislar tomonidan ish olib borilmoqda, deyilgan ma'lumotda.

Shuningdek, “Toshissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: