Xususiy bandlik agentligi Kun.uz saytida e'lon qilingan material bo‘yicha munosabat bildirdi

Jamiyat 09:33 / 04.02.2020 4006

2019 yil 28 dekabr kuni Kun.uz saytida «30 million to‘lab Latviyaga ketgan mehnat muhojirlari vatanga qaytib keldi» sarlavhasi ostida material e'lon qilingan edi.

Unda Samarqand shahrida joylashgan «Amille Bahora» xususiy bandlik agentligi tomonidan 30 mln. so‘m evaziga Latviyaga yuborilgan ikki o‘zbekistonlik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining amaliy ko‘magida vatanga qaytishga muvaffaq bo‘lgani bayon etilgan edi.

Mazkur materialga nisbatan «Amille Bahora» xususiy bandlik agentligi munosabat bildirib, ikki nafar fuqaroning O‘zbekistonga qaytib kelish aviachiptalari agentlik tomonidan sotib olinganini ma'lum qilgan.

Shuningdek, xususiy bandlik agentligi o‘z munosabatida fuqarolar bilan yuz berayotgan ziddiyatlar shartnomaviy munosabatlar yuzasidan vujudga kelgan bo‘lib, taraflar imzolagan shartnomaga asosan tegishli tartibda sud orqali hal etilishi lozimligini uqtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: