«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallariga ishga qabul e'lon qiladi

Jamiyat 11:00 / 04.02.2020 14920

«O‘zagrolizing» AJ mamlakatimizdagi o‘z yo‘nalishining yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi hamda uzoq yillardan buyon fermerlar va tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Kompaniya tomonidan sohaga korporativ boshqaruv tizimiga o‘tish, yangi xizmat turlarini joriy etish, oliy ma'lumotli yosh kadrlarni sohaga jalb etish bo‘yicha salmoqli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan «O‘zagrolizing» AJ respublikamiz bo‘ylab o‘z hududiy filiallaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar qabul qilish bo‘yicha e'lon qiladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 ish o‘rni;
  • Xorazm viloyati – 1 ish o‘rni;
  • Sirdaryo viloyati – 4 ish o‘rni;
  • Jizzax viloyati – 5 ish o‘rni;
  • Toshkent viloyati – 7 ish o‘rni;
  • Toshkent shahri («O‘zmashlizing» MChJ) – 3 ish o‘rni.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Nomzodlar ko‘rsatilgan hududlar bo‘yicha istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘rtasida saralanadi;
  • Moliya-iqtisodiyot, injyener-mexanik yoki muhandis texnolog mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lish;
  • Mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lish (xususan, oliy ma'lumot mutaxassisligi ham to‘g‘ri kelishi kerak);
  • O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
  • Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan erkin foydalana olish (shuningdek, Microsoft Word, Microsoft Excel, 1S va boshqa dasturlardan foydalana olish);

Nomzodlar hujjatlari 25 fevral 2020 yilga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 42-a uy; Telefon: 71 207-77-12

Yoki telegram orqali: (90) 141-07-07 raqamiga jo‘natish mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Telegramdagi rasmiy kanalimiz: t.me/uzagroleasingjsc

Telefonlar: (90) 940-30-80; (90) 805-40-10; (97) 447-53-43

Biz sizlarni kutamiz! «O‘zagrolizing» ahl jamoasining a'zosiga aylaning!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: