Davlat xaridlarida buyurtmani yetkazib berish uchun 1-3 kun tayinlash noto‘g‘ri – Adham Ikromov

Iqtisodiyot 17:29 / 01.02.2020 6599

Davlat buyurtmalari uchun tender savdolari buyurtmalarining ijro muddatini 1 yoki 3 kun sifatida belgilash noto‘g‘ri. Bunda korrupsiya alomatlari borligi ehtimolini rad etmaslik kerak. Aslida, bu kabi savdolarda nimaga buyurtma berilayotgani 1 oy oldin ma'lum bo‘lishi lozim. XPK sessiyasida ishtirok etgan Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov Kun.uz muxbiriga bergan blits-intervyusida shu savolga javob qaytardi. 

«Davlat raqobat qo‘mitasi yirik loyihalarning shaffofligini yaxshi ta'minlamoqda. Ilgarilari bilinmasdi, ammo bugungi kunda har bir tender uchun kurashmoqda. 

Ikkinchi masala, shaffoflikni ta'minlash uchun yopiq tenderlardan voz kechishimiz kerak. Bunda 4-5ta, 10ta kompaniyani chaqirib, ular orasida tender o‘tkazilishida qandaydir korrupsiya mexanizmlari bo‘lishi mumkinligini inobatga olishimiz shart. 

Keyin raqobat bo‘lishi lozim. Davlat buyurtmasi bo‘yicha tender e'lon qilinganida, u maktab bo‘ladimi, shifoxona yoki korxona bo‘ladimi, davlat zavodi bo‘ladimi, 1 oy oldin ma'lum bo‘lish kerak. To‘g‘risini aytganda, biz ayni masalani kooperatsiya birjasi orqali o‘rganayapmiz. U yerda 20 ming ishtirokchi bor. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda iste'molchilar va ta'minotchilar o‘rtasida qanday ziddiyatlar bor, e'tirozlar borligini monitoring qilyapmiz. O‘ylaymanki, sizning savolingizga bir oy muddatda javob bera olamiz», - dedi Savdo-sanoat palatasi rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: