Pompeo AQSh Bashar Asad hamda unga yordam berayotganlarga nisbatan chora ko‘rishga tayyorligini aytdi

Jahon 14:19 / 28.01.2020 8260

AQSh Suriya hukumati va uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga qarshi eng keskin diplomatik va iqtisodiy choralar qabul qilishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeoning bayonotida aytiladi.

"Qo‘shma Shtatlar Rossiya, Eron rejimi, "Hibulloh" va Asad rejimining birlashgan kuchlari Idlib viloyati va Halab g‘arbiy qismidagi aholiga keng miqyosli hujumlar uyushtirayotgan vaziyatni jiddiy tashvish bilan kuzatmoqda. Qo‘shma Shtatlar Asad rejimi va uning shafqatsiz harakatlarini qo‘llayotgan har qanday davlat va shaxsga nisbatan eng keskin diplomatik va iqtisodiy choralar ko‘rishga tayyor", - deyiladi bayonotda.

Bayonotda ta'kidlanishicha, Rossiya, Eron, "Hizbulloh" va Suriya armiyasining harakatlari Suriya shimolida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatishga bevosita qarshilik qiladi.

Suriya shimoli, Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 12 yanvar kuni kuchga kirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: