Ijtimoiy so‘rovnoma: Yoshlar o‘z huquqini qay darajada biladi?

Jamiyat 10:15 / 26.01.2020 1152

Yoshlar orasida o‘z huquqini bilmaydiganlar 36,5 foizni, huquqlarining aksariyatini biladiganlar 50,6 foizni tashkil etadi. Faqatgina 1,7 foizi yoshlargina o‘z haq-huquqlari xususida to‘liq ma'lumotga ega. Mazkur statistik ma'luotlar «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan «Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatga moyil yoshlarni aniqlash» mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari sifatida taqdim etildi. Tadqiqot davomida yoshlarning huquqiy savodxonlik, jinoyatchilik haqidagi tasavvurlari so‘rovnoma asosida tahlil qilindi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yoshlarning 41,3 foizi huquq haqidagi bilimlarini ommaviy axborot vositalaridan, 38,5 foizi o‘qituvchi va ustozlaridan, 35,1 foizi huquq fani o‘qitilishi davomida beriladigan ma'lumotlardan oladi.

Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 72,4 foizi ba'zi hollarda o‘z huquqini bilmasligini his qilishini ko‘rsatib o‘tgan.

«Jinoyat qilishga moyil bo‘lgan yoshlarning asosiy xususiyati nima?» degan savolga 47 foiz respondent ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazish, 42,1 foizi alkogol va giyohvand moddalarni iste'mol qilish, 34,9 foizi agressivlikni asosiy xususiyat sifatida qayd etgan.

Shuningdek, tadqiqot davomida huquqiy savodxonlikning pastligiga sabablar ham sanab o‘tilgan. Yoshlarda huquqiy bilimning yetarli emasligiga tadqiqot ishtirokchilarinng 43,9 foizi shaxsiy qiziqishning yo‘qligini, 22,8 foizi huquqiy tarbiya tizimining nomukammaligini, 14,2 foizi yoshlarni huquqiy ma'lumotlar bilan ta'minlash tizimining samarasiz ekanligini sabab sifatida ko‘rsatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: