Dohadagi uchrashuv yangi bosh murabbiy Pedro Moreyra va tarkibdagi aksariyat o‘yinchilar uchun «Paxtakor»dagi debyut bo‘ldi. Bahsning 39-daqiqasida toshkentliklarning himoya chizig‘idagi xatosidan keyin Sassi hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz farqni tenglashtirish uchun harakat qilishdi, ammo buning uddasidan chiqa olishmadi. Aksincha, mezbonlardan Xoselu jamoasining ikkinchi golini kiritgandi, ammo VAR vaziyatni ofsayd deb topdi. Yakunda «Al-G‘arafa» muhim g‘alabaga erishib, 7 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Paxtakor» esa 4 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Toshkentliklar so‘nggi turda 17 fevral kuni «As-Sadd»ni qabul qiladi. So‘nggi 8-yo‘llanmaga da’vogar bo‘lib turgan «Persepolis» va «Istiqlol» klublari hisobida 6 ochkodan mavjud. Toshkent klubi so‘nggi turda g‘alabaga erishgan taqdirda ham, Eron klublarining «An-Nasr» va «Ar-Rayyan»ga mag‘lub bo‘lishini kutishiga to‘g‘ri keladi.
Elit Chempionlar ligasi. 7-tur
«Al G‘arafa» - «Paxtakor» 1:0
Bosh hakam: Ali Rizo Fag‘oniy (Avstraliya)
Gol: Sassi, 39
VAR: Shon Evans (Avstraliya)
«Al G‘arafa»: 15.Serxio Riko, 2.Abdulloh Yusuf, 8.Yosin Braimi, 9.Xoselu, 24.Aron Gunnarsson, 29.Fabritsio Diaz, 31.Ferjani Sassi, 32.Matias German Nani, 42.Seydu Sano, 80.Ahmad Al Ganehi (11.Yohan Boli, 80), 99.Jamal Hamed Mayor.
«Paxtakor»: 19.Jonatan Luiz, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 17.Doston Hamdamov (99.Ulug‘bek Hoshimov, 85), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo‘riyev (8.Diyor Xolmatov, 68), 37.Igor Sergeyev (94.Brayan Riaskos, 68), 45.Bashar Resan (30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 68), 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.