2019 yilda «O‘zkimyosanoat» 6,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

Iqtisodiyot 15:00 / 17.01.2020 4292

Bugun, 2020 yil 17 yanvar kuni «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda jamiyat tomonidan prezidentning 2019 yil 3 apreldagi «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kimyo sanoatini rivojlantirishning 2019-2030 yillarga mo‘ljallangan dasturi doirasida qiymati 12,1 mlrd dollarga teng, shu jumladan 1,7 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 31ta investitsiya loyihalari mavjud.

Yaqinda «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi. Yangi korxonada yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlarga avtomobilsozlik, to‘qimachilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz tarmoqlari, elektr texnikasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishda talab yuqori. Har yili 40 mln dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Yangi majmuada 900dan ziyod ish o‘rni yaratildi.

2019 yil yakuni bilan «O‘zkimyosanoat» tizimida 6,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ortiq.

Ko‘proq yangiliklar: