Markaziy bank 2020 yil 20 yanvar kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Moliya vazirligi va Markaziy bank 2020 yil 20 yanvar kuni “O‘zbekiston respublika valuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni qator shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e'lon qildi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv. Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:
DQQ turi: qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;
identifikatsion raqam: 23001UMFS;
bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
joylashtirish sanasi: 2020 yil 20 yanvar;
chiqarilish hajmi: 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m;
muomala davri: 273 kun;
majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2020 yil 19 oktabr;
majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;
daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.
Auksion o‘tkazish shartlari:
arizalarni qabul qilish vaqti: 09:30 – 10:30;
arizalarni qondirish vaqti: 15:00 – 16:00;
to‘lov valutasi: so‘m;
auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.