Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelizaveta II shahzoda Harri va Meganning yangi hayot boshlash istagini qo‘llab-quvvatladi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Sasseks gersog va gersogining yangi hayot boshlash niyatini qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq Harri va Meganning hamma uchun kutilmagan holatda qirollik oilasining katta a'zolari sifatidagi majburiyatlarini bajarishdan voz kechmoqchi ekanliklarini bildirishgandi.

Qirolicha moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lish istagini bildirgan shahzoda Harri va Meganning kelajagini muhokama qilish uchun dushanba kuni qirollik oilasining katta a'zolarini Sandringhem saroyiga yig‘di.
«Garchi biz ular qirollik oilasining to‘laqonli a'zolari bo‘lib qolishini afzal ko‘rsak ham, biz ularning yanada mustaqil hayot kechirish, shu bilan birga oilamizning qadrli qismi bo‘lib qolish istagini hurmat qilamiz va tushunamiz», – deyiladi bayonotda.
Qirolichaning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda o‘tish davri to‘g‘risida kelishuvga erishildi, bu davrda Sasseks gersogi va gersoginyasi vaqtining bir qismini Kanadada, qolgan qismini Britaniyada o‘tkazishadi. Ushbu davr qancha davom etishi noma'lum.
«Mening oilam qiyin masalalarni hal qilishi kerak, hali oldinda juda ko‘p ish bor, lekin men yakuniy qarorlar yaqin kunlarda qabul qilinishini so‘radim», — deydi qirolicha bayonot oxirida.
Sandringhem saroyidagi uchrashuvda qirolicha Yelizaveta II va nabirasi shahzoda Harri bilan birga Harrining otasi bo‘lmish Uels shahzodasi Charlz va uning akasi shahzoda Uilyam ishtirok etishdi. Harrining rafiqasi Meganning telefon orqali suhbatda ishtirok etadi deb taxmin qilingandi.
Uchrashuvda qirollik oilasi a'zolari Harri va Meganning qirollik oilasining katta a'zolari sifatida vazifalarni bajarishdan bosh tortishining oqibatlari, xususan, saroydan qancha haq olishlari, unvonlari va ularga kirishga ruxsat berilgan tijorat shartnomalari tafsilotlari muhokama qilinishi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
Mavzuga oid

21:55 / 02.05.2025
Shahzoda Harriga Britaniyaga tashrifi davomida shaxsiy qo‘riqchilar ajratilmaydigan bo‘ldi

21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi

10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi

21:51 / 13.09.2024