Sohadagi ishlar «O‘zbekneftgaz» bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. GRP qo‘llanilgach, 13 yanvar kuni Qulbishkek-37 qudug‘ining kunlik debiti 70 ming kub.m gacha ko‘paydi. Shu bilan bir qatorda gaz uzatish infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda.
Jumladan, «Chigil YP – Muborak GQIZ» gaz quvuri qurilishi ishlari tunu-kun olib borilmoqda.
13 yanvar holatiga ko‘ra, jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 91,0 ming tn;
- Keltirilgan quvurlar – 69, 2 ming tn;
- Kavlangan zovurlar – 128 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 174,3 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 117,5 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati