Avstraliyada och qolgan kengurularga havodan tonnalab kartoshka va sabzi tashlandi

Jahon 01:09 / 13.01.2020 17955

11 yanvarda Avstraliya milliy bog‘larining yovvoyi tabiat qo‘riqchilari o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Yangi Janubiy Uels shtatida och qolgan kengurular uchun havodan bir necha tonna kartoshka va sabzi tashlashdi. Bu haqda Avstraliya energetika va atrof-muhit vaziri Mett Kin tvitterdagi sahifasida xabar qildi.

Avstraliyaning sharqiy sohillarida 2019 yilning oktabr oyidan beri katta ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Yong‘inlar natijasida 8 mln gektardan ortiq o‘rmonzor, 3 mingga yaqin turarjoy va 4 mingdan ortiq ma'muriy va xo‘jalik binosi yonib kul bo‘lgan. Yong‘inlar oqibatida 25 kishi, jumladan 4 o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan, 1 mlrddan ko‘proq jonzot nobud bo‘lgan. 

Yong‘inlardan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 3,1 mlrd dollarga baholanmoqda.

Avvalroq Avstraliya hukumati o‘rmon yong‘inlari vaqtida ko‘p miqdorda suv ichayotgan minglab tuyalarni o‘ldirishga qaror qilgani ma'lum qilingandi.  

Ko‘proq yangiliklar: