Qirolicha dushanba kuni shahzoda Harri bilan uning kelajagini muhokama qiladi

Jahon 18:23 / 12.01.2020 14400

Bi-bi-si xabariga ko‘ra, uchrashuvda Harrining otasi bo‘lmish Uels shahzodasi Charlz hamda akasi, valiahd shahzoda Uilyam ham ishtirok etadi.

Shahzoda Harrining rafiqasi Megan ayni vaqtda Kanadada va agar imkoni topilsa, u ham telefon aloqasi orqali uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

Avvalroq shahzoda Harri va rafiqasi qirollik oilasi a'zolari sifatidagi majburiyatlaridan voz kechmoqchi ekanliklarini bildirishgandi. Ular bu qarorni qirolicha va qirollik saroyi bilan kelishmasdan qabul qilishgan.

Dushanba kungi uchrashuv Norfolkdagi qasrda o‘tkaziladi, saroydagilar, bu uchrashuv gersog va gersoginya Sassekslarning qirollik oilasi bilan yangi munosabatlar yaratish uchun yordam berishiga umid qilishmoqda.

Qirolicha, shahzoda Charlz, Uilyam va Harri tomonlarni qanoatlantirishi mumkin bo‘lgan turli variantlarni ko‘rib chiqishmoqda.

Qirollik majburiyatlari

Agar dushanba kungi uchrashuvda kelishuvga erishilsa, uning amalga oshishi uchun muayyan vaqt talab etiladi.

Ammo bunday kelishuv yo‘lida jiddiy to‘siqlar saqlanib turibdi - xususan, gersog va gersoginya Sasseksklar o‘z qirollik burchlarini qay darajada baholashayotgani noma'lum.

Ayni vaqtda Megan Kanadaga qaytgan va o‘g‘li Archi bilan. U va shahzoda Harri Rojdestvoni Kanadada o‘tkazilgan, seshanba kuni ta'tildan Britaniyaga qaytishgandi.

8 yanvar oqshomida shahzoda Harri va Megan Markl instagram orqali qirollikdagi o‘z maqomi bo‘yicha beriladigan moliyaviy imtiyozlardan voz kechib mustaqil ravishda o‘zlari pul ishlab topishini ma'lum qilishgan. Ular ikki joyda - Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerikada yashashmoqchi, lekin ular qirollik oilasi majburiyatlarini bajarishda ham davom etaveradi. 

O‘tgan yilning oktyabrida ham ular o‘z hayotlari doimiy ravishda OAV e'tiborida bo‘lishidan noroziliklarini bildirishgandi.

Megan AQSh fuqarosi hisoblanib, 8 yil davomida Torontoda yashagan va aktrisa sifatida ishlagan, Amerikaning mashhur teleseriali «Fors-majorlar»da rol ijro etgan.

Shahzoda Harri va Megan o‘tgan yilning iyunida shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt boshqaradigan xayriya tashkilotidan chiqishgan, ular o‘z xayriya tashkilotlarini ochishmoqchi.

Dekabr oyida gersog va gersoginya Sassekslar xayriya maqsadida kitoblar, taqvimlar va liboslar sotish bilan shug‘ullanadigan o‘z savdo belgilari ochish uchun zayavka berishgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: