Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abxaziyada prezident saylovlari qayta o‘tkaziladi

Foto: Valeriy Matytsin/TASS
Abxaziya markaziy saylov komissiyasi yangi prezident saylovlari sanasini belgiladi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yangi saylovlar 22 martga belgilandi. Bu haqda komissiya raisi Tamaz Gogiya ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, ushbu saylovlar yuridik jihatdan takroriy saylovlar deb ataladi, biroq unda istalgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Abxaziyada 9 yanvarda prezident Raul Xajimbaning ma'muriyati binosiga namoyishchilar bostirib kirib, prezident noqonuniy saylangani iddaosi bilan uning iste'fosini talab qila boshlashgan.
Abxaziya parlamenti noroziliklar ortida Xajimbaga prezident lavozimini tark etishni tavsiya qilgan.
Abxaziya oliy sudi 10 yanvarda markaziy saylov komissiyasining 2019 yil sentyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalari bo‘yicha qarorini noqonuniy deb topib, yangi saylovlar belgilash majburiyatini qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda tez yordamga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud aytildi
O‘zbekiston | 12:07
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55
-
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi
Jahon | 11:40
-
🔴 LIVE: Aliyev–Pashinyan va Tramp–Netanyahu uchrashuvlari. Nimalar gaplashildi?
Jahon | 11:22
Mavzuga oid

16:13 / 02.03.2025
Badra Gunba Abxaziya prezidenti etib saylandi

15:20 / 23.12.2024
Abxaziya «ma’muriyati»: RF elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi

17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi

20:28 / 11.12.2024