“Oskar” topshirilishi marosimi ikkinchi yil boshlovchisiz o‘tadi

Foto: Carlo Allegri/Getty Images
“Oskar” kinomukofoti topshirilishi marosimi 2020 yilda ham 2019 yildagi kabi boshlovchisiz o‘tadi. Bu haqda mukofotni topshiruvchi AQSh kinosan'atlari akademiyasining tvitterdagi xabarida ma'lum qilingan.
Akademiya xabarida kinotaqdimot dasturiga “yulduzlar chiqishi va syurprizlar” qo‘shilishiga va'da berilgan. Ammo boshlovchini bildiruvchi belgi qizil rangli aylanaga olinib, ustidan chiziq tortib qo‘yilgan.
“Joriy yilda ham boshlovchi bo‘lmasligini akademiya bilan birga tasdiqlashga ijozat bergaysiz”, deb keltirgan The Hollywood Reporter nashri ABC telekompaniyasi rahbariyati a'zosi Keri Berkning so‘zlarini.
Akademiya saytida hozircha bu borada rasmiy bayonot berilmagan.
2019 yilda “Oskar” topshirilishi marosimi 30 yil ichida birinchi marta boshlovchisiz o‘tgandi. Marosimga boshlovchilik qilishi kerak bo‘lgan aktyor Kevin Xart uning nomiga gomofobiyada ayblovlar bildirilgandan keyin boshlovchilikdan voz kechgan.
Bungacha “Oskar” 1989 yildagina boshlovchisiz o‘tgan. O‘shanda boshlovchining kirish nutqi o‘rniga 11 daqiqalik musiqiy kinolavha taqdim etilgan. 1958 yilda esa marosimni birvarakayiga 4 boshlovchi, 1987 yilda esa 3 boshlovchi olib borgan.
“Oskar” mukofotlarini topshirish 92-marosimi 9 fevralda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi, uni olishga nomzodlar esa 13 yanvarda e'lon qilinadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi

11:13 / 12.03.2024
«Bu film bo‘lmasligini istardim» - Mariupol haqidagi hujjatli film «Oskar» oldi

08:38 / 11.03.2024