Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo chempionati-U23. O‘zbekiston birinchi turda Eron bilan durang o‘ynadi

Foto: Tribuna.uz
Tailandda o‘tkazilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston ham o‘z ishtirokini boshladi. Birinchi turda amaldagi chempion O‘zbekiston Eron bilan 1:1 o‘ynadi.
O‘yinni eronlik futbolchilar tashabbus bilan boshlashdi. Raqibning ketma-ket hujumlaridan so‘ng darvozabon Abduvohid Ne'matov bir nechta holatda xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘yinning dastlabki 10 daqiqasi ortda qolgach O‘zbekiston to‘pni nazorat qila boshladi va futbolchilarning xatolari kamaydi. Aziz G‘aniyev juda kuchli zarba bilan darvozani nishonga olishga urindi, ammo uning zarbasi noaniq bo‘ldi.
25-daqiqada o‘yindagi ilk golli vaziyat sodir bo‘ldi. O‘ng qanotdan eronlik futbolchilar oldinga o‘tishdi va to‘p himoyachilardan o‘tib Ali Sho‘jaiyga kelib tushdi. Bu vaqtda Ne'matov to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ygan va darvoza bo‘sh qolgandi. Ammo Sho‘jaiy bo‘sh darvozaga gol ura olmadi.
26-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchilar o‘yinda ilk marta aniq zarba yo‘llashdi. Jasur Yaxshiboyevning zarbasini darvozabon qaytardi. Ko‘p o‘tmay Yaxshiboyev chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi, ammo Bobur Abduxoliqovdan oldin to‘pga darvozabon yetib keldi.
O‘yinning 40-daqiqasida hisob ochildi. Bobur Abduxoliqov jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib olib faol harakat qildi va oqibatda unga qarshi qo‘pollik ishlatildi. Hakam hech ikkilanmay penalti belgiladi. Standartni jamoa sardori Islom Qobilov xotirjamlik bilan golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushgan eronlik Mehdi Qoidiy yaqqol ajralib turdi. U birinchi bo‘limda qulay imkoniyatdan foydalana olmagan Ali Sho‘jaiyning o‘rniga maydonga tushgandi. Qoidiy bir nechta vaziyatda futbolchilarimizni shoshirib qo‘ydi.
Ammo hisobni Eronning boshqa futbolchisi tenglashtirdi. 57-daqiqada Rizo Dehqoniy himoyachilarning qo‘pol xatosidan so‘ng gol urdi.
80-daqiqada Jasur Yaxshiboyev juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Darvozabon bilan birga bir chiqib borgan Jasur zarba bermay yiqilib tushdi. Ko‘p o‘tmay Oybek Bozorov deyarli bo‘sh darvozaga gol ura olmadi. U darvozabon ham aldangan vaqtda to‘pni tepaga tepib yubordi.
Guruhning ikkinchi o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:15 da Xitoy va Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasida boshlanadi.
Osiyo chempionati U23
C guruhi
1-tur
O‘ZBeKISTON — ERON 1:1
Gollar: Islom Qobilov (40, penaltidan) — Rizo Dehqoniy (57).
Tailand. «Songxla» stadioni, 4 180 tomoshabin.
O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Husniddin Aliqulov, Hojiakbar Alijonov, Ilhom Alijonov, Abdulla Abdullayev, Azizjon G‘aniyev, Nurilla To‘xtasinov (Oybek Bozorov, 67), Sanjar Qodirqulov (Islom Kenjaboyev, 85), Jasur Yaxshiboyev, Bobur Abduxoliqov.
Eron: Habibfar Abbosiy, Mo‘jtabo Nazariyon, Mahdi Mahdixoniy, Ollohyor Sayyodmonish, Rizo Shikoriy, Rizo Dehqoniy, Muhammad Muhibbiy (Ja'far Sulaymoniy, 84), Ali Sho‘jaiy (Mehdi Qoidiy, 46), Matin Karimzoda, Umid Nurafkon, Orif Og‘osiy.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
-
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
O‘zbekiston | 08:53
-
Rossiya qo‘shinlari Zaporojiye shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi
Jahon | 08:53
Mavzuga oid

20:08 / 30.07.2024
Parij-2024. O‘zbekiston Olimpiada tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritib, turnir bilan xayrlashdi

17:33 / 27.07.2024
O‘zbekiston Afrika vitse-chempioniga qarshi. Misr qanday jamoa va ulardan qay jihatdan ustunmiz?

16:43 / 24.07.2024
O‘zbekiston Yevropa vitse-chempioniga qarshi. Olimpiadadagi tarixiy debyut oldidan

17:38 / 22.07.2024