8,6 million yevrolik tarkib: O‘zbekiston olimpiya jamoasi futbolchilarining transfer bahosi e'lon qilindi

Sport 22:54 / 09.01.2020 19665

Germaniyaning «Transfermarkt» portali Tailandda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo chempionati ishtirokchi jamoalarining transfer bahosini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston olimpiya jamoasining umumiy transfer bahosi 8,6 million yevroga baholangan.

Xorij portali olimpiyachilarimiz safidagi eng qimmatbaho futbolchi sifatida Aziz G‘aniyevni qayd etgan. «Nasaf» klubining 21 yoshli yarimhimoyachisi 1 million 100 ming yevroga baholangan. Keyingi o‘rinlardan esa hujumchi Bobur Abduxoliqov va himoyachi Hojiakbar Alijonov joy olgan. «Nasaf» va «Paxtakor»ning 22 yoshli futbolchilari transfer narxi 700 ming yevro, deya ko‘rsatilgan.

Quyida O‘zbekiston olimpiya jamoasi safida Osiyo chempionatiga yo‘l olgan 23 futbolchining transfer baholari bilan tanishing:

1. Aziz G‘aniyev (Nasaf) – 1,1 million yevro

2. Bobur Abduxoliqov (Nasaf) – 700 ming yevro

3. Hojiakbar Alijonov (Paxtakor) – 700 ming yevro

4. Nurillo To‘xtasinov (Bunyodkor) – 600 ming yevro

5. Islomjon Qobilov (Bunyodkor) – 500 ming yevro

6. Sanjar Qodirqulov (Bunyodkor) – 450 ming yevro

7. Mirjahon Mirahmadov (Bunyodkor) – 450 ming yevro

8. Doston Ibrohimov (Qizilqum/Paxtakor) – 400 ming yevro

9. Abrorbek Ismoilov (Surxon/Paxtakor) – 400 ming yevro

10. Dilshod Saitov (Nasaf) – 400 ming yevro

11. Sharof Muhitdinov (Nasaf) – 350 ming yevro

12. Oybek Rustamov (Qo‘qon-1912) – 350 ming yevro

13. Abduvohid Ne'matov (Nasaf) – 325 ming yevro

14. Jasur Yaxshiboyev (OKMK/Paxtakor) – 300 ming yevro

15. Oybek Bozorov (Nasaf) – 275 ming yevro

16. Azizbek Amonov (Lokomotiv) – 250 ming yevro

17. Abdulla Abdullayev (Bunyodkor) – 250 ming yevro

18. Islom Kenjaboyev (Nasaf) – 200 ming yevro

19. Sherzod Nasrullayev (Nasaf) – 175 ming yevro

20. Nizomiddin Ziyovutdinov (OKMK) – 150 ming yevro

21. Ilhom Alijonov (Navbahor) – 150 ming yevro

22. Husniddin Aliqulov (Nasaf) – 150 ming yevro

23. Mashhur Muhammadjonov (Nasaf) – 50 ming yevro.

Ko‘proq yangiliklar: