Transfermarkt Shomurodovning transfer bahosini pasaytirdi
Transfermarkt portali Italiya A Seriyasidagi futbolchilar transfer baholarini yangiladi.

Foto: UFA
Unga ko‘ra, «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer bahosi 1 million yevroga pasaytirilgan. Natijada, O‘zbekiston milliy jamoasi sardorining transfer bahosi 5 milliondan 4 million yevroga tushgan.
Shu tariqa, Shomurodovning transfer narxi 2021 yildagi rekordi – 14 mln yevrodan so‘nggi 3 yil davomida 10 mln yevroga kamayib, 4 mln yevroga tushdi.
So‘nggi marta o‘zbekistonlik forvardning transfer bahosi 6 mln yevrodan 5 mln yevroga tushirilgandi. U bu borada Abduqodir Husanov (12 mln yevro) va Abbosbek Fayzullayevdan (8 mln yevro) keyingi O‘zbekistonning eng qimmatbaho 3-o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid

05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

20:35 / 01.03.2025
Eldor Shomurodov – ilk bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

23:40 / 26.02.2025