Yaponiyaning Sawada Holdings kompaniyasi Asia Alliance bank kapitaliga investitsiya kiritadi 

Iqtisodiyot 13:22 / 08.01.2020 2802

Yaponiyaning Sawada Holdings kompaniyasi Asia Alliance bank kapitaliga investitsiya kiritadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-ilovasida yaponiyalik hamkorlar bilan amalga oshiriladigan loyihalar tasdiqlangan.

2019 yilning dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida mazkur ilovaning 37-bandida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Yaponiyaning Sawada Holdings kompaniyasi eng yirik mulkdori ta'sischiligidagi H.I.S. Co. LTD kompaniyasi tomonidan Asia Alliance bank kapitaliga investitsiya kiritish yuzasidan kelishuv imzolangan.

Bildirilishicha, bugungi kunda investor tomonidan bankning moliyaviy holati o‘rganilayotgan bo‘lib, ushbu jarayon yakunlangach, narx bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar olib boriladi.

Yakuniy bitim imzolanganidan so‘ng, ma'lumotlar ommaviy axborot vositalari, agentlikning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmog‘i orqali e'lon qilinishi aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: