Sindzo Abe Eron zarbalaridan keyin Yaqin Sharqqa safarini bekor qildi  

Jahon 10:13 / 08.01.2020 13812

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygani sababli 11 yanvarga rejalashtirilgan Yaqin Sharqqa, jumladan Saudiya Arabistoni va BAAga safarini bekor qildi. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, bosh vazir boshqa davlatlar bilan hamkorlikda Yaqin Sharqdagi yaponiyaliklarning xavfsizligini ta'minlashga va kutilmagan holatlarga tayyor turishga ko‘rsatma bergan.  

Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suganing jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Tokio manfaatdor davlatlarni Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish uchun barcha diplomatik sa'y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan.

Avvalroq Sindzo Abe Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari berilgandan keyin milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirtirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: