Eronda qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan - OAV

Foto: AP Photos/Mohammad Nasiri
Eronda qulagan Ukraina layneri bortida bo‘lgan barcha insonlar halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters Eron televideniyesiga asoslanib.
«RIA Novosti»ga mamlakat Aviatsiya vazirligi vakili Ja'far Zodaning ma'lum qilishicha, samolyotda 167 yo‘lovchi bo‘lgan. Eronning Press TV telekanali xabariga ko‘ra, bortda kamida 170 kishi bor edi.
Tehrondagi shoshilinch yordam markazi rahbarining ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmayapti. Hozirda qutqaruvchilar taxminan ikki gektar hududda yo‘lovchilarning jasadlarini yig‘ishmoqda, ular keyin sud-tibbiyot ekspertlariga topshiriladi.
🎥 تصاویر اولیه از حریق هواپیمای اوکراینی در منطقه شهریار#سقوط_هواپيما pic.twitter.com/UhdpNx0NME
— خبرگزاری تسنیم 🇮🇷 (@Tasnimnews_Fa) January 8, 2020
Pervoye video s mesta padeniya Avialayner Boeing-737. pic.twitter.com/k5XgdgLoa2
— YURII (@for_ura80) January 8, 2020
Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy xalqaro aeroportidan parvozga ko‘tarilganida qulab tushdi. Layner Ukraina aviakompaniyasiga tegishli. Halokatga «texnik muammolar» sabab bo‘lgan.
Flightradar servisi ma'lumotlariga ko‘ra, gap PS752 reysi haqida bormoqda. Samolet Tehrondan Toshkent vaqti bilan 6:42da uchgan va oradan ikki daqiqa o‘tib signal yuborishni to‘xtatgan.
Ushbu reys haqidagi ma'lumotlar «Ukraina xalqaro aviayo‘nalishlari» saytida mavjud. U yerda samolyot Kiyevga soat 5:15da uchib ketgani ma'lum qilingan.
O‘z navbatida, Iordaniyaning Al-hadath nashri ma'lumotiga ko‘ra, samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bu faqat versiyalardan biri ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid

21:33 / 02.02.2025
Tehron maktablarida havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli darslar bekor qilindi

15:31 / 18.01.2025
Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildi

09:26 / 06.11.2024
Tehron: GFR fuqaroligiga ega eronlik o‘lim jazosidan oldin vafot etdi

10:50 / 23.10.2024