Eron poytaxti Tehronda havo ifloslanishi darajasi ortib ketgani bois maktablarda darslar bekor qilindi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Tehron meriyasining ma’lum qilishicha, Damovand va Firuzkuh tumanlaridagi universitetdan boshqa barcha ta’lim muassasalari yopiladi.
Ta’kidlanishicha, darslar onlayn tarzda o‘tiladi.
Tehron havo sifatni o‘lchash kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 fevral kuni Eron poytaxtida havoning ifloslanish darajasi bir metr kubga 150 migrogrammni tashkil etgan. Bu shaharning barcha aholisi uchun «zararli» tasnifdagi havo hisoblanadi.
Shuningdek, qo‘shni Elburz viloyatida ham maktablar yopilgan. «Qishda Tehronda havoning ifloslanishi jiddiy maummo aylanmoqda», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunga havoning aylanishi uchun sharoit yo‘qligi, aholining zichligi va transport vositalari hamda sanoatda foydalanilayotgan yonilg‘i sifatining pastligi sabab bo‘lmoqda.