2020 yil 2 yanvar kuni taxminan soat 18:30larda 63 yoshli Q.Z. Shahrisabz shahar Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan kafelarning birida ish boshqaruvchi, fuqaro 45 yoshli O.J. bilan o‘zaro shu kafeda ishlovchi Q.Z.ning o‘g‘li I.Z.ning ishga chiqmasligi masalasida tortishib qolib, O.J. uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli oshxona pichog‘i bilan O.J.ning qorin sohasiga tan jarohati yetkazgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada O.J. og‘ir tan jarohatlari bilan Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda