Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025 yilda boshlanadi
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025 yilda boshlanadi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni yirik transport infratuzilmasi loyihalari bo‘yicha hisobot bilan tanishdi.
Jahon banki ishtirokida Toshkent-Andijon muqobil yo‘li loyihalashtirildi. 314 km uzunlikdagi tezyurar magistral ikki shahar o‘rtasidagi yo‘l vaqtini 5 soatdan 3 soatgacha qisqartirishi, YTH sonini 40 foizga kamaytirishi va YaIMni 2,6 foizga oshirishi kutilmoqda
«Bu 10,5 milliondan ortiq aholi yashaydigan vodiyni poytaxt bilan bog‘lovchi arteriya bo‘ladi. Shu bois prezident bu loyihaning muhimligini yana bir bor ta’kidladi», — dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 30 dan ortiq xorijiy kompaniyalar loyihaga qiziqish bildirgan. «Joriy yilda qurilish ishlarini boshlaymiz», — dedi Mahkamov.
Transport vaziri, shuningdek, 2025 yilda Toshkent va Samarqand o‘rtasida pulli trassa qurilishini boshlash rejalari haqida gapirdi. Gap umumiy uzunligi 300 km bo‘lgan olti tasmali yo‘l haqida bormoqda.
«Barcha loyihaviy hujjatlar yakunlab, tender ishlarini amalga oshiryapmiz. Bu yil ushbu loyiha bo‘yicha ham qurilish ishlari rejalashtirilgan. Hurmatli prezidentimiz ushbu ikki yo‘lda qurilishni tezroq boshlash uchun tenderni barcha qoidalarga rioya qilgan holda, lekin ortiqcha vaqt sarflamasdan o‘tkazish vazifasini qo‘ydi», — dedi u.
2024−2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida pudratchini aniqlash, u bilan shartnoma tuzish va qurilishni boshlash rejalashtirilgandi. Ishlarni 2028 yil oxirigacha yakunlash, keyin esa boshqaruvni DXSh asosida xususiy operatorga o‘tkazish rejalashtirilgan. Toshkent-Samarqand yo‘lining dastlabki narxi 2,2 mlrd dollarni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
-
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
O‘zbekiston | 11:04
-
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

22:00 / 05.07.2025