Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 1 yanvar kuni soat 19:00larda oqibati o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Postda.uz xabariga ko‘ra, haydovchi N.A. «Spark» rusumli avtomashinasini «Bektemir –Chorbog‘» 4R-12 yo‘lining 67-kilometrida haydab ketayotib, piyodalar – uy bekasi X.R. va turmush o‘rtog‘i K.R. hamda o‘g‘li R.T.ni urib yuborgan.
Natijada X.R. voqea joyida vafot etgan. K.R. va R.T. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.